"Chelsi" Kante o'rniga "Real"dan Kamavingani qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2023
"Chelsi" "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi "90 min".

Manbaga ko'ra, "Chelsi" Kamavingani kelasi yozda Londonni tark etishi mumkin bo'lgan N'Golo Kante va Jorjinoning o'rnida ko'rmoqda. Shu bilan birga, Kamavingani olib kelish oson bo'lmaydi, chunki "Real" ham futbolchida istiqbol ko'rmoqda.

Shuningdek, "Arsenal" fransiyalik yarim himoyachini ijaraga olmoqchi ekani ham xabar qilingandi.

Oldinroq Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 20 yoshli fransiyalik futbolchi daxlsiz ekanini takidlagandi.

Kamavinga 2021 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. U joriy mavsum Ispaniya klubi safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min