Chelsi Kessiega qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2016
Chelsi Atalanta yarim himoyachisi Frank Kessiega e'tibor qaratdi.

19 yoshli futbolchi Xitoy klubiga o'tishi kutilayotgan Oskarning o'rnini bosishi mumkin. Oldinroq Kessiega Liverpul, MYU va Manchester Siti klublari qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Wikipedia ma'lumoti:

Frank Yannik Kessie 1996 yil 19 dekabr kuni Kot-D'Ivurning Ouragaxio shahrida tug'ilgan. 183 sm bo'yga ega yarim himoyachi. O'z mamlakatining "Stella Klub" jamoasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Kessie 2015 yil "Atalanta" klubi tomonidan sotib olingan va darhol "Chezena"ga ijaraga berilgan. O'tgan mavsumda 38ta o'yinda 4ta gol urdi. Bu mavsumda ortda qolgan 14ta o'yinda 5 bor to'p kiritishga erishdi. 2 kundan so'ng 20 yoshga to'ladigan futbolchi o'z milliy terma jamoasi safida 10ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport