"Chelsi" Kristian Atsu vafoti uchun hamdardlik bildirdi

Sobiq "Chelsi" futbolchisi Kristian Atsu Turkiyadagi kuchli zilzildan so'ng vayronalar ostidan o'lik holda topildi.

Shu munosabat bilan London klubi rasmiy hamdardlik bildirdi.

"Hatayspor" klubi hujumchisi Turkiyada sodir bo'lgan zilzilalar tufayli olamdan ko'z yumdi. "Chelsi" Kristian Atsuning Turkiya va Suriyadagi dahshatli zilzila qurbonlaridan biri sifatida tan olinganligi haqidagi xabarni katta qayg'u bilan qabul qildi.

"Chelsi" Kristianning oila a'zolari va do'stlariga hamda ushbu fojiadan jabrlanganlarning barchasiga samimiy hamdardlik bildiradi", deyiladi klubning rasmiy bayonotida.


Manba: Chelseafc.com