​"Chelsi" Maduekening narxini ko'tardi. Bu "Arsenal"ni qo'rqitmoqda

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025
"Chelsi" vingeri Noni Madueke "Arsenal"ga o'tishga yaqin edi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi "Arsenal" bilan 2030 yilgacha bo'lgan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Biroq klublar o'zaro kelishuvga erisha olmadi, chunki "kanonirlar"ning 45 million evro va bonuslar taklifi "ko'klar"ga maqul kelmadi.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Chelsi" 65 million evro so'ramoqda, shundan so'ng klub transfer uchun yashil chiroqni yoqadi.

Madueke Klublar o'rtasidagi JCHda 5 o'yinda maydonga tushdi. Umuman olganda, vinger mavsum davomida 46 o'yinda 11 ta to'p kiritdi hamda 5 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira