Angliya kubogi. Sensaciya qayd etilmadi, "Chelsi" quyi liga vakili "Port Veyl"ga javobsiz 7 ta gol urib, yarim finalga yo'l oldi

Angliya kubogi chorak final doirasidagi "Chelsi" - "Port Veyl" o'yini bo'lib o'tdi.

“Chelsi” o'z uyida “Port Veyl”ni ayab o'tirmadi, “aristokratlar” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urishdi. Gollarga Yorrel Xato (2), Juan Pedro (25), Jordan Lourens-Gabriel (43, avtogol), Tosin Adarabioyo (57), Andrey Santos (69), Estevan Villian (82) va Alexandro Garnacho (90+2, penaltidan) mualliflik qildi. mualliflik qildi.

Shunday qilib, “Chelsi” yarim finalga yo'l oldi.



Manba: championat.asia