London jamoasi Real Madrid vingeri Rodrigo bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan. Aristokratlar 24 yoshli futbolchining transferi uchun 120 million evro to'lashga tayyor. Chelsi ushbu transfer orqali hujumdagi muammolarni bartaraf etishni maqsad qilgan.
Rodrigo joriy mavsum 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. U Real safida 2019 yildan beri harakat qilib kelmoqda.
Izohlar