Chelsi Terrining qizil kartochkasiga apellyaciya beradi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2017
Chelsi Angliya kubogi doirasidagi Piterboroga qarshi o'yinda (4:1) Jon Terri olgan qizil kartochkaga nisbatan apellyaciya beradi.

Hakamning qarorini xato deb bilaman. Bunday holatlar yuz berganidan xafaman. Qizil kartochka olganda ham hakamni hurmat qilish kerak, balki biz apellyaciya berarmiz. Terri qizil kartochkaga loyiq emasligini barcha ko'radi, – deydi Antonio Konte.

Terri uchrashuvning 67-daqiqasida hisob 3:0 paytida maydondan chetlatildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC