"Chelsi" va "Ayaks" Zieshning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
12 fev 2020
"Ayaks" yarim himoyachisi Hakim Ziesh faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi.

"Ayaks" va "Chelsi" klublari so'nggi 24 soat ichida marokashlik futbolchining yozgi transferlar oynasida amalga oshadigan transferi borasida kelishuvga erishishdi. Bitim narxi 45 million evroni tashkil etmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 16ta assistga erishgan.

Oldinroq, "Chelsi" klubi rahbariyati bosh murabbiy Frenk Lempardga transferlar uchun 170 mililon evro ajratishi haqida xabarlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf