

Buni "Sport1" jurnalisti Patrik Berger ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, har ikki klub vakillari futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni olib borishgan. Shu bilan birga, "Borussiya" 25 yoshli shveytsariyalikni sotmoqchi emas, futbolchining o'zi esa yana kamida bir mavsumni Germaniya jamoasida o'tkazishni istamoqda.
Kobel 2021 yilning iyul oyida "Shtutgart"dan Dortmundning "Borussiya"siga ko'chib o'tgan. Darvozabon 2022/23 yilgi mavsum 25 ta uchrashuvda 22 ta gol o'tkazib yubordi va 12 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi.
Transfermarkt portali darvozabonning narxini 25 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.



