"Chelsi" va Ryudiger yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormayapti

Alisher
1 dek 2021
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger va klub rahbariyati yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormayapti.

28 yoshli futbolchiga Angliya poytaxtidagi hayot va "Chelsi"dagi o'yin yoqadi, shu sabab yangi kelishuvga imzolanishi va u qolishi mumkin.

Germaniyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ryudiger 2021/22 yilgi mavsum APL doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Daily