"Chelsi" vakili 2018 yilning sentyabridan buyon ilk bor APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
10 may 2024
Angliya Premer-ligasi aprel oyining eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Sovrinni "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer qo'lga kiritdi.

Palmer o'tgan oy Angliya chempionatida 4 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi 7 ta gol urdi va sherigiga 1 ta golli pas uzatdi.



Sovringa Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Yoshko Gvardiol ("Manchester Siti"), Kay Haverc ("Arsenal"), Jan-Filip Mateta ("Kristal Pelas") va Jordan Pikford ("Everton") davogarlik qilgandi.

Qizig'i shundaki, "Chelsi" vakili oxirgi marta 2018 yilning sentyabrida APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi. O'shanda Eden Azar sovrinni qo'lga kiritgan edi. Avvalroq 2023/2024 yilgi mavsum APLda oyning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni Jeyms Meddison, Son Xyon Min, Muhammad Saloh, Harri Maguayr, Dominik Solanke, Diogo Jota, Rasmus Xoylund va Rodrigo Munis qo'lga kiritgan edi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: premierleague.com

Izohlar

Otabek Uzoqov
10 may 2024
Yangi Azar desa ham boʻladi
{ CHELSEA }
10 may 2024
Yaxshi, toʻxtab qolma endi...