"Chelsi" xo'jayini Mbappening tranfseri borasida PSJ rahbariyati bilan uchrashdi

Оқил Абдубарноев
3 avg 2023
Londonning "Chelsi" klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritmoqchi.

"Aristokratlar" xo'jayini Todd Bouli parijliklar egalaridan biri Nosir al Xelayfi bilan francuzning transferini muhokama qilgan.

PSJ Mbappeni tekinga qo'yib yuborishdan cho'chimoqda, shu bois, Liga 1 chempioni uni mo'maygina mablag' evaziga sotib yubormoqchi.

Avvalroq "Liverpul" 24 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq inglizlar ustozi Yurgen Klopp bu ma'lumotni rad etgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Record