"Chelsi" yarim himoyachisi Gilmor "Reynjers"ga o'tishi mumkin

Alisher
28 yanv 2021
"Chelsi" yarim himoyachisi Billi Gilmor faoliyatini "Reynjers"da davom ettiradi.

19 yoshli shotlandiyalik futbolchi klubdan uni ijaraga qo'yib yuborishlarini so'radi, futbolchi Evro-2020 uchun terma jamoa tarkibidan o'rin olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, o'yinchini 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar "Reynjers" ijaraga olmoqchi.

Gilmor joriy mavsum "Chelsi" safida 7ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail