"Chelsi", "Yuventus" va "Leyptsig" "Real" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023
Himoyachi Rafa Marin "Real"ni tark etib, APLga yo'l olishi mumkin.

"The Telegraph" ma'lumotlariga qaraganda, 20 yoshli ispaniyalikka "Chelsi" tomonidan qiziqish mavjud. Shuningdek, futbolchiga "Yuventus" va "Leyptsig" davogarlik qilmoqda.

Agar madridliklar Marin bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, Rafa yozda sotiladi. Uning hozirgi bitimi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

20 yoshli Marinning qishda "Chelsi"ga o'tishi ehtimoli kam. Himoyachi 5-10 mln funtga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph