Chempion "Nasaf" Farg'onada "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
22 nov 2024
Bugun Superliganing 25-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Neftchi" - "Nasaf" 2:0 (TUGADI)
22 noyabr, 16:00
Bosh hakam
: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov
To'rtinchi hakam: Isroil Imomnazarov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Bilolxon Toshmirzaev (Abbos G'ulomov) 59, 1:0, Husayin Norchaev 90+5, 2:0

"Neftchi" - 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 8.Sardor Abduraimov, 19.Mirzoxid G'afurov (9.Xusayin Norchaev, 46), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muxsinjon Ubaydullaev, 23.Diyorjon Turopov (11.Javohir Qaxramonov, 46), 30.Quvondiq Ro'ziev (24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 90), 70.Abbosjon G'ulomov (55.Manuchexr Safarov,60) 77.Bilolxon Toshmirzaev, 99.Nsungusi Efiong (10.Shoxruz Norxonov, 60)
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 22.Azizbek Amonov, 

"Nasaf" - 1.Umidjon Ergashev, 4.Ditlshodjon Komilov, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (79.Azizjon Ahrorov,90) 19.Stefan Cholovich (24.Sardorbek Baxromov,46), 22.Igor Golban, 28.Shuxrat Muhammadiev (5.G'olib G'aybullaev,54), 32.Zoran Marushich (20.Viktor Mateus da Silva, 73), 44.Shaxzod Akramov, 70.Jambuli Jigauri, 88.Marko Stanoevich ( 9.Javohir Siddiqov, 73)
Zaxira: 13.Adhamjon Musulmonov, 35.Abduvohid Nematov, 10.Bobir Abdixoliqov,  77.Oybek Bozorov, 

Chetlatish: Murodbek Rahmatov ("Nasaf") 15

Ogohlantirish: Husayin Norchaev ("Neftchi") 90+5

MATNLI TRANSLYACIYA


90+5. GOL. Husayin Norchaev "Nasaf" darvozasiga jamoasining ikkinchi golni urdi va o'yin taqdirini hal qildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90. O'ZGARISH. "Neftchi", Quvondiq Ro'ziev o'rniga G'ulomhaydar Gulyamov tushdi.

90. O'ZGARISH. "Nasaf", Zafarmurod Abdirahmatov o'rniga Aziz Ahrorov tushdi. 

85. O'yinda temp pastladi. 

73. O'ZGARISH. "Nasaf", Zoran Marushich o'rniga Viktor Da Silva, Marko Stanoevich o'rniga Javohir Sidiqov tushdi. 

66. "Nasaf" vaziyatni o'nglashga harakat qilmoqda. Yurishlar jarima maydonchasi ichigacha bormayapti. 

60. O'ZGARISH. "Neftchi", Nsungussi Effiong o'rniga Shohruz Norxonov, Abbos G'ulomov o'rniga Manuchehr Safarov tushdi. 

59. GOL. "Neftchi" jamoasi uchrashuvda hisobni ochdi. Bilol Toshmirzaev jarima maydonchasi ichida G'ulomovning uzatmasini aniq zarba bilan golga aylantirdi. 

54. O'ZGARISH. "Nasaf", Shuhrat Muhammadiev o'rniga G'olib G'aybullaev tushdi.

46. O'ZGARISH. "Nasaf", Stefan Cholovich o'rniga Sardorbek Bahromov tushdi. 

46. O'ZGARISH. "Neftchi", Diyor Turopov o'rniga Javohir Qahramonov, Mirzohid G'ofurov o'rniga Husayn Norchaev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

43. ZARBA. Quvondiq Ro'zievning zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

25. Jamoalar maydonda faol harakat qilmoqda 

20. ZARBA. Turopovning zarbasi noaniq.

18. ZARBA. Zoran Marushichning zarbasi noaniq chiqdi. Lekin xavfli.

15. CHETLATISH. Rustam Lutfullin VARda vaziyatni ko'rdi va Rahmatovga qizil kartochka ko'rsatdi. 

13. Rustam Lutfullin VAR monitori yoniga bordi. Murodbek Rahmatov Mirzohid G'ofurovning oyog'ini bosib olgandi. 

5. Ilk daqiqalardan "Neftchi" jamoasi raqibi jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyatlar yaratmoqda. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Bobir Sapayev
22 nov 2024
Oxirida soqqa ishlash boʻlopti ...or yuq bularda
FCB&MYU
23 nov 2024
Hammaga salom. Nasaf muxlislar Ro'ziqul Berdiyevni ketishini yozayapsizlar. Lekin bir narsani o'ylamayapsizlar. Ho'p Ro'ziqul B ketdi deylik, kim keladi o'rniga? Kimni ko'rmoqchisizlar? O'zbekistonda bormi shunday murabbiy? Xech qachon chetdan murabbiy olib kelinmaydi. Olib kelinsa ham xashaki bir murabbiy kelib soqqani qilib ketadi. Ko'rdik qanchasini. Keyin yana o'zimizni soqqakashlar qo'liga o'tadi, TAMOM BO'LADI. Bori ham yo'q bo'ladi. Neftchida bo'lgan xolat takrorlanadi aniq. ARA ketti Neftchi pro ligagacha tushdi. Ro'zini o'rniga kelgan Nasafni aniq cho'ktiradi. Yana ham Olloh bilguvchi. Bu meni shaxsiy fikrim. Shaxsan man agar Ro'ziqul B Nasafdan ketsa bizning Neftchiga kelishini xoxlardim.
Forever NASAF
22 nov 2024
Xurmat uchun rahmat Farg'ona
Файзуллаев 553
22 nov 2024
Давронов билан Кенжабоев кайерга йуколган анчадан бери куринмай бронта малумотам йук
Акрамжон
22 nov 2024
Каршидеги уйинда Нефтчи уйинчисини четлатишоди, энди Насаф уйинчиси четлатилди!