OKMK futbolchisi xatolik tufayli maydondan chetlatilmadi, "Navbahor" esa qoida buzilishi orqali gol urdi. Superliganing 5-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Оқил Абдубарноев
15 apr 2025
Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref" Telegram kanali muallifi) Superliganing 5-turi o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

 "Mashal" - "Neftchi"

Bu erda darvozabonga to'sqinlik qilish holatini ko'rmayapman. "Neftchi" o'yinchisi "Mashal" darvozaboniga nisbatan hech qanday tasir kuchiga ega xatti-harakat amalga oshirmadi. Gol to'g'ri hisobga olindi.

VIDEO


"Navbahor" - "Sho'rtan"

Hakamning o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlayman. "Sho'rtan" jamoasi o'yinchisi "Navbahor" futbolchisi to'pni tepmoqchi bo'lgan paytda chap oyog'ini yonga cho'zdi. Hujumchi kontaktning tashabbuskori bo'lgan bunday holatlarda "o'yinni davom ettirish" qarori sifatida baholanishi kerak. VAR bu vaziyatga aralashmaydi, chunki bu holat uning uchun "noaniq" zona hisoblanadi.

VIDEO


 "Navbahor" - "Sho'rtan"

Tushuntirishga oson holat: "Sho'rtan" himoyachisining o'ng qo'li tanasiga tik holatda turibdi. Qo'l tana maydonini kengaytirmoqda, bu qoida buzilishi hisoblanadi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi.

VIDEO


"Qo'qon-1912" - "Buxoro"

Nazarimda, bu "chegaradosh" holat hisoblanadi. Bir tomondan, "Qo'qon-1912" o'yinchisiga qizil kartochka berishning barcha mezonlari mavjud: atayin sakrash, oyoqni cho'zish, butsaning tag qismidan foydalanish va tezlik. Ayni paytda, u sakragandan so'ng oyog'ini bukib, to'qnashuvni yumshatishga uringanini ham aytish mumkin. Shunga qaramay, zarba kuchi yuqori edi, shu bois hakam "Qo'qon-1912" o'yinchisini maydondan chetlatish uchun etarli asosga ega edi. VARning aralashuvi to'g'ri bo'ldi.

VIDEO

 

"Dinamo" - "So'g'diyona"

Hakamning "Dinamo" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatmaslik qarorini maqullayman. Dastlab, ikkala futbolchi ham to'pga qarab turgan edi. "Dinamo" o'yinchisi gavdasini yig'ib, oyog'ini tortib oldi. Bu holatda kuchli tasir yoki tezlikda maqsadli sakrash kuzatilmadi. 

VIDEO


✅ "Dinamo" - "So'g'diyona"

Ofsayd chiziqlari bo'lmagan holda, bu erda faqat hakamning qarorini qo'llab-quvvatlashdan boshqa iloj yo'q. Menimcha, ko'z bilan ko'rganim va tajribamga asoslanib, baribir ofsayd holati yuz bergan. "So'g'diyona" o'yinchisi taxminan bir gavda uzunligida himoyachiga nisbatan darvozaga yaqinroq joylashgan edi.

VIDEO

 

"Bunyodkor" - "Qizilqum"

Hakamning nima uchun aynan shunday chora ko'rganini tushunish qiyin. Mojaroning boshlanishi ko'rinmasa-da, taxmin qilishimcha, "Bunyodkor" o'yinchisiga raqibga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rchatilgan. "Qizilqum" futbolchisiga esa ushbu nizoda qatnashgani uchun sariq kartochka ko'rsatilgan.

VIDEO


❌ "Xorazm" - OKMK

Menimcha, bu holatda OKMK himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatilishi lozim edi. Raqibni gol urishdan mahrum qilgan qo'l bilan o'ynash holati yuz berdi. Himoyachi qo'lini to'pga qarata cho'zgan. VAR esa, nazarimda, vaziyatga noto'g'ri aralashdi.

VIDEO


✅❌ "Nasaf" - "Surxon"

Umuman olganda, hakam "Nasaf" o'yinchisini maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qabul qildi. Qo'l bilan gardanga zarba berilgani uchun bundan boshqa jazo bo'lishi mumkin emas. Faqat dastlab qo'pol tarzda to'p tortib olishga uringan va raqib bilan to'qnashuvni boshlagan "Surxon" o'yinchisiga nima uchun sariq kartochka ko'rsatilmagani tushunarsiz holat bo'lib qoldi.

VIDEO


Shu tariqa, hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi. O'yin sharhlariga kirmay qolgan qo'shimcha lavhalarni Telegram kanalimizda elon qildik.


"Xorazm" - OKMK

Maydondagi chiziqlardan ko'rinib turibdiki, hujumning dastlabki bosqichida o'yindan tashqari holat mavjud emas. Keyingi harakatda ham qoidabuzarlik yo'q – ikkala o'yinchi to'p uchun teng kurashmoqda. Hakam yordamchisining bayroqchani ko'targani tushunarsiz. Na ofsayd, na qoida buzilishi sodir etilgan.

VIDEO


"Navbahor" - "Sho'rtan"

Mening fikrimcha, bu vaziyatda 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi lozim. "Navbahor" futbolchisining qo'li tanasidan g'ayritabiiy holatda uzoqlashgan.

VIDEO


"Navbahor" - "Neftchi" (4-tur o'yini)

Bu, shubhasiz, xatolik. Shunchaki xatolik emas, balki jiddiy xatolik hisoblanadi. Afsuski, VAR bunday holatlarda aralasha olmaydi.

VIDEO


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Hamidbek Samandarov
15 apr
Нима килардиларинг Хоразмни супер лигага чикариб барибир тошкентни жамоаларини паддержка киласла нима кераги бор бу кузбуямачилик ж ч Сенегал уругваймиди суарезга кизил карточка бериб чикариб юборишганди шунга ухшаш вазиятда бизни д.......б судяларни килиб юрган ишларига +5
oltin top
15 apr
қанча гапирманг барбир узгариш булмайди,буларга давлат корхоналари хомийлик қилиб ишчиларни ойлигини камайтириб булсаям милярдлаб пул ажратаётгани жалка кетябди,уша корхоналар шу пулларни футболга эмас етим есир бева бечораларга беришса савобни тагида қолишарди,булар эса футбол уйнаймиз деб билганини қилябди, прездентни урнида булсам футболни УЗБ отмен қилардим,футбол узбеклар учун чиқарилмаган экан
1994 Nurafshon
15 apr
Арокни тахлил килса ишонардим
Жуманиёзов Э
15 apr
Xorazm -OKMK o'yinini boshqargan hakamlarni oddiy shunday bo'ldi deb qo'yilaveradimi Jazo kim oladi
® >><<OM@DÎŁŁØ>><< ®
15 apr
Neftchi Navbaxor o'yinida Navbaxorning ikkinchi go'ldi vaqtida markazdan o'yin boshlanganda Navbaxor fudbolchisi Maydonning o'ng tomonida turibdi va golda qatnashyapti bu tuppoy xakamlar umuman qaramagan ko'rmagan svistok chalishdan oldin sal atrofiga qaramedimi