Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng chiroyli goli aniqlandi

Оқил Абдубарноев
17 dec 2021
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi guruh bosqichida urilgan eng chiroyli gol uchun ovoz berish natijalari haqida malumot berdi.

Unga ko'ra, Lionel Messi qitaning eng kuchli klublar musobaqasining ushbu bosqichida eng yaxshi gol muallifi sifatida tan olindi. PSJning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinida Messi jarima maydonchasiga yorib kirib, Kilian Mbappe bilan kombinaciya tashkil qildi hamda darvozaning olis burchagiga zarba yo'lladi. Bu Messining PSJ safidagi ilk goli bo'ldi.


Ikkinchi o'rinni Tiago Alkantaraning "Portu" darvozasiga urgan goli egalladi - ispaniyalik yarim himoyachi himoyachilar qaytargan to'pga yugurib keldi va o'ttiz metrlardan darvozaning o'ng burchagini aniq nishonga oldi. Uchinchi pog'onani Robert Levandovski tomonidan Kievning "Dinamo" klubi darvozasiga kiritilgan gol egalladi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: uefa.com

Izohlar

Sirli Olam
17 dec 2021
Bu messi fudbolchimi oyinchidur lekin pora bn durda
Зоироа Фуркат
17 dec 2021
Месси барибир мессси энг зур футболчи тан олиш керак
Nodirbek
17 dec 2021
Тарафкашлар келади ҳозир))
NASAF CHELSEA No_1
17 dec 2021
Golni vediosi qani adminlar
botigol
17 dec 2021
bu xabar kimlargadir yoqmasa kerak