Chempionlar ligasi uchun kurash. "Arsenal" vs "Manchester Yunayted"

Aslanov Jasurbek
7 may 2017
Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da "Emireyts" stadionida "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi APLning 36-tur uchrashuviga start beriladi.

Ushbu bahs Chempionlar ligasi uchun kechayotgan qizg'in kurashga oydinlik kiritishi mumkin. Ayni damda turnir jadvali quyidagi holatda:


To'liq jadval va to'purarlar ro'yxati bilan bu yerda tanishasiz: APL TURNIR JADVALI


Tarkibdagi yo'qotishlar

Ushbu bahsda mezbonlar yarim himoyachisi Granit Jakaning ishtirok etishi so'roq ostida, biroq himoyachi Shkordan Mustafi mashg'ulotlarga qaytdi va posbon David Ospina ham sog'.

"Manchester Yunayted" safida Maruan Fellayni va Eshli Yang uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Belgiyalikda diskvalifikaciya bor, Yang esa jarohatini davolamoqda. Timati Fosu-Mensaning ishtirok etishi so'roq ostida, Markus Rashfordda esa kichik shikastlanish bor.


Qiziqarli ma'lumotlar

  • "Arsenal" o'tgan mavsum "Manchester Yunayted"ni 3:0 hisobida taslim etdi, ammo bu muvaffaqiyat Premer-liga doirasida "qizil iblislar"ga qarshi o'tkazilgan so'nggi 11 uchrashuvdagi ilk g'alaba hisoblanadi (4 ta durang, 6 ta mag'lubiyat).
  • Ueyn Runi "Arsenal"ga qarshi bahslarda 11 ta gol urgan va u Premer-liga tarixida "to'pchilar" darvozasini eng ko'p ishg'ol etgan futbolchi hisoblanadi.
  • Joze Mourinyo "Arsenal"ga qarshi 12 ta Premer-liga uchrashuvida biror marotaba mag'lub bo'lmagan (5 ta g'alaba, 7 ta durang)
Murabbiylarning qisqacha fikrlari

Arsen Venger: "Biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratamiz. Jamoamizda g'alaba qozonishdan boshqa yo'l yo'q".

Joze Mourinyo: "Biz "Arsenal"ga qarshi bahsda 5:0 yoki 6:0 hisobida g'alaba qozonamiz deymayman. Natija uchun kurashamiz".



Statistika: "Arsenal" - "Manchester Yunayted"

O'zaro uchrashuvlar soni: 49

G'alabalar: 12 - 22

Durang: 15


Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 uchrashuv:

19.11.2016

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 1:1


28.02.2016

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 3:2


04.10.2015

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" 3:0


17.05.2015

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" 1:1


22.11.2014

"Arsenal" - "Manchester Yunayted"


To'purarlar: Aleksis Sanches (19 ta gol) - Zlatan Ibragimovich (17 ta gol)


Assistentlar: Aleksis Sanches (9 ta) - Ander Errera (6 ta)


Paslar: Granit Jaka (1925 ta) - Pol Pogba 2139 ta


Ushbu uchrashuvda kim g'olib chiqadi? Taxminlaringizni izohlarda yozib qoldiring.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia