

Mavsum davomida 20 ta gol urgan "Paxtakor" a'zosi Dragan Cheran ketma-ket to'rtinchi yil Superliga to'purariga aylandi va O'zbekiston chempionatida eng ko'p to'purar bo'lish bo'yicha mutlaq rekordchi bo'lib oldi.

Bundan tashqari, serbiyalik futbolchi Ozarbayjon chempionatida ham to'purarlik maqomiga sazovor bo'lgan. 2013-2015 yillarda "Semurg'" jamoasi sharafini himoya qilgan Cheran 2014/15 yilgi mavsumda 15 ta gol urib, "Boku" klubi a'zosi Nurlan Navro'zov bilan birgalikda mamlakat to'purariga aylangan.

Biroq Georgiy Chixradze qo'l ostidagi jamoa mavsumda sovrindorlar qatoridan joy egallay olmaydi va 5-o'rinni egallaydi.

Dragan ikki mavsum davomida Ozarbayjon Premer-ligasi va kubogi doirasida jami 62 o'yinda maydonga tushib, raqib darvozasini 31 bor ishg'ol qilgan.



