CIES: Pau Kubarsi o'z yoshi va yo'nalishida tengsiz, ro'yxatda yaponiyalik himoyachi ham bor

Tolibjon Qosimov
23 dec 2024
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) 21 yoshgacha bo'lgan jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingini tuzdi.

Ular reytingni "Wyscout" malumotlari asosida tuzishdi. Himoyaviy harakatlarni amalga oshiruvchi markaziy himoyachilar orasida Abduqodir Husanov eng zo'ri ekanligini biroz oldin bilib olgan edik.

CIES: Abduqodir Husanov o'z yoshida tengsiz

Endi esa U-21 universal markaziy himoyachilar reytingi ham malum qilindi. Unga ko'ra, "Barselona"ning 17 yoshli azosi Pau Kubarsi bu yo'nalishda eng yaxshisi. Qizig'i, bu yo'nalishda Yaponiya U-23 terma jamoasi bilan U-23 Osiyo kubogi g'olibi bo'lgan va Parij olimpiadasida chorak finalgacha borgan 20 yoshli Kota Takai 5-pog'onadan joy olgan.

Dunyoning Top U-21 universal markaziy himoyachilari:

1. Pau Kubarsi ("Barselona") - 90.2

2. Joel Ordonez ("Bryugge") - 79.9

3. Jan-Karlo Simich ("Anderlext") - 79.2

4. Usmane Diao ("Mityulland") - 77.9

5. Kota Takai ("Kavasaki Frontale") - 77.7


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: x.com/CIES_Football

Izohlar

Benjamin Franklin
23 dec 2024
Simicdi Milan bekar sotdida
Shaxruz Mamirov
23 dec 2024
Умуман бу сарлавхани тушунмадим шунчалик савотсиз кутмисилар