Coca-Cola Angliya Premer-ligasi bilan hamkorlik qiladi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018
Coca-Cola kompaniyasi Angliya Premer-ligasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Bu haqida Angliya chempionati rasmiy sayti xabar berdi.

Imzolangan bitim 2019 yilning yanvaridan kuchga kiradi. Coca-Cola va APL o'rtasidagi shartnoma 3,5 yilga mo'ljallangan.

Rasmiy saytda aytilishicha, ushbu kelishuv haqida batafsil ma'lumot 2019 yilning boshida e'lon qilinadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com