COPE: Buskets MLS mavsumi so'nggida faoliyatini yakunlaydi

Alisher Ostonov
22 sen 2025
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Serxio Buskets faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb xabar beradi COPE.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli ispaniyalik bu boradagi qarorini MLS mavsumi yakunida e'lon qiladi. Bu klubning pley-offga chiqish-chiqmasligiga qarab noyabr yoki dekabr oylarida bo'ladi.

Busketsning Mayami klubi bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Uning hisobida joriy mavsum 37 ta o'yin va 7 ta golli uzatma bor.


Alisher OstonovMuallif
Manba: COPE