SSKA bosh murabbiyi klubdan kyetishga yaqin

Alisher Ostonov
7 iyun 2025
Marko Nikolich AEKga o'tishga yaqin turibdi.

Gazzetta.gr xabariga ko'ra, SSKA ustozi va Gretsiya klubi o'rtasida og'zaki kelishuv mavjud. Agar kutilmagan biror hodisa ro'y bermasa, Nikolich Gretsiyaga jo'nab ketadi.

Qayd etilishicha, bungacha "Zenit"da ishlagan AEK direktori Xaver Ribalta o'zi ishlagan aksariyat jamoalarda sovrinlarni qo'lga kiritgan g'olib murabbiy bo'lgani uchun aynan Nikolichni tanlagan.

Eslatib o'tamiz, Moskva klubi safida o'zbekistonlik Abbos Fayzullaev o'ynaydi va O'zbekiston MTJ o'yinchisi o'tgan mavsum jamoa safida ayrim o'yinlarni zaxiradan boshladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gazzetta.gr