SSKA direktori Fayzullaev transferi haqida gapirdi

Khoja
28 iyul 2025
SSKAning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo Abbosbek Fayzullaevning transferi haqida fikr bildirdi.

"Abbos "Istanbul Bashakshexir" uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. Tomonlar moliyaviy shartlar bo'yicha kelishuvning so'nggi bosqichini olib borishmoqda. Tez orada barchasi e'lon qilinadi", - dedi direktor.

Shuningdek, jamoa bosh murabbayi Fabio Chelestinining ham Fayzullaevni jamoani tark etganini ma'lum qildi.

"Muxin va Fayzullaev jamoani tark etishdi. Bu haqiqat", - deb fikr bildirgan jamoa bosh murabbiyi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com