Dahshatli talab! "Atletiko"ning 55 ming muxlisi finalga bormoqchi, ammo chiptalar yetmaydi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2026
Ispaniya Kubogi finali uchun "Atletiko" sososlaridan (klub muxlislari) tushgan chipta buyurtmalari soni ajratilgan kvotadan ikki baravardan ham oshib ketdi.

13 yildan so'ng yana finalda:

18 aprel kuni Sevilyada bo'lib o'tadigan hal qiluvchi final bahsida Madridning "Atletiko" klubi "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi. Eslatib o'tamiz, madridliklar 2013 yildan beri ilk bor Ispaniya Kubogi finaliga yo'llanma olishdi.

Joylar qanday taqsimlanadi?

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, final uchun naq 54 385 nafar sosos chipta so'rab murojaat qilgan. Biroq madridliklar uchun stadiondan jami 25 680 ta joy ajratilgan bo'lib, uning 85 foizigina klub a'zolari uchun kafolatlangan.

Shunday qilib, "Atletiko" a'zolariga "Sosedad"ga qarshi o'yin uchun bor-yo'g'i 21 828 ta chipta tegadi. Yana 1050 ta chipta rasmiy fan-klublar o'rtasida taqsimlansa, 160 tasi imkoniyati cheklangan muxlislarga beriladi. Chiptalar savdosiga 23 mart kuni start berilishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca