“Dalmatinko cup”. Kichik "qaldirg'ochlar" Xorvatiyadagi turnirni qanday yakunladi?

Iskandarov Abdulaziz
6 jun 2022
Xorvatiyaning turli shaharlarida bo'lib o'tgan “Dalmatinko cup” xalqaro musobaqasi yakuniga etdi.

“Bunyodkor”ning uchta yosh toifasidagi jamoalari ishtirok etgan musobaqa klub tarbiyalanuvchilari katta maktab vazifasini o'tab berdi, deyish mumkin. Zero, Xorvatiya va Evropaning boshqa nomdor klublari akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushgan “qaldirg'ochlar” evropalik tengqurlaridan hech bir jabhada ortda emasligini ko'rsata oldi. "Bunyodkor"ning uchta jamoasi ham guruh bosqichidan pley-offga yo'l olgani so'zimizga isbot bo'ladi. Garchi klubning ikki jamoasi chorak finalda kurashni to'xtatgan bo'lsa-da, o'yinda mag'lub bo'lgani yo'q. Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi “Bunyodkor-2008” mahalliy “Primorac”ga qarshi bahsda ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi. Mezbonlar ikki marta vakillarimizni quvib etishga majbur bo'lishdi. Penaltilar seriyasida omad maydon egalariga kulib boqdi. Penaltilar seriyasi lotoreya ekanligi futbol jamoatchiligiga sir emas.

Kecha klubning yana bir jamoasi chorak finalda kurashni to'xtatganidan xabaringiz bor. Alisher Ibrohimov boshchiligidagi “Bunyodkor-2009” Xorvatiyaning o'sha mashhur “Dinamo Zagreb” jamoasi tarbiyalanuvchilariga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Aytish kerakki, Alisher Ibrohimov shogirdlari nomdor raqib safidagi tengdoshlaridan o'yin borasida ustun bo'lsa bo'ldiki, kuchsiz ko'ringani yo'q. Shunchaki, bu bahsda ham lotoreya o'yin taqdirini hal qildi. Penaltilar seriyasida ham kurash keskin kechganini hisobdan bilish mumkin – 8:7.

Chorak finalga qadar o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan G'ulom Halimtoev ustozligidagi “Bunyodkor-2011”ning “Dalmatinko cup”dagi ishtirokini faqat olqishlash mumkin. Finalgacha etib kelgan yosh “qaldirg'ochlar” hal qiluvchi bahsda yirik hisobda yutqazgan bo'lsa-da, bu tarbiyalanuvchilarning kuchsizligidan emas, balki bir kunda yuqori bosimda uchta o'yin o'tkazish og'irlik qilgani bilan bog'liq. Ham ruhiy ham jismoniy charchoq finalda pand berdi. 

Umumiy manoda “qaldirg'ochlar”ning “Dalmatinko cup”dagi ishtirokini har tomonlama ijobiy baholay olamiz. Bolalar futboli har tomonlama rivojlangan Xorvatiya maydonlarida “yo'qolib” qolmagan klub tarbiyalanuvchilari “Bunyodkor” kelajagi ishonchli qo'llarda ekanligidan darak beradi!


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: "Бунёдкор" матбуот хизмати

Izohlar

Aziz_uzb
6 jun 2022
Malades yosh QALDIRG'OCHLAR Bunyodkor futbol klubi O'zbekiston yurtimizzi bayrog'ini Yevropa maydonlarida munosip ximoya qildilar xali shu kungacha birorta O'zbekiston klublari yevropa maydonlarida bolip o'tkan Turnirda qatnashmagan. Olg'a yosh Qaldirg'ochlar O'zbekiston sizlar bilan faxrlanadi
Shodlik
6 jun 2022
Malades yosh qaldirg'ochlar bo'shashmela Hudo hohlasa yaqin yillarda yangi Eldor Shomurodovga Mirjalol Qosimovlarga o'xshagan futbolchila chiqsin Omad faqat YULDUZLIK kasaliga chalinmela
xadjaev
6 jun 2022
бизани болаларни рухан таййорлаш керак . рухий тамонлама жуда сустмиз не только спорта балки бошка сохаладаям рухан тез таслим болиб койамиз
Бахтигалий
6 jun 2022
шу лотерея уйнамаслик керак,кимор ёмон нарса
MezzA
6 jun 2022
Endi shu joyga bir gap agar ustun bogan Bose xch bir jabxada Kam bomase shu kamandani trenelariga iltmos shu bollani oxirigacha ob chqb har birini prof qilishsn har birga etbor berb qattiq mashq qb shugulantrsin.