David Ospina "Napoli" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Alisher
3 may 2022
"Napoli" darvozaboni David Ospina jamoa bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Oldinroq, futbolchining "Lacio"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.

"Napoli" o'yinchisining kelajagi jamoadan yozda kyetishi mumkin bo'lgan boshqa darvozabon Aleks Meretga bog'liq. Klub bu holatda Ospinaga yangi shartnoma taklif qiladi.

33 yoshli futbolchi Neapol klubiga 2019 yilning iyulida "Arsenal"dan o'tgan edi. Uning shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: TuttoNapoli