De Bryuynega Saudiya Arabistonidan yiliga 24 mln evro taklif qilishdi

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2025
Belgiya terma jamoasi etakchisi Kevin De Bryuyne yozda "Manchester Siti"ni tark etadi.

"Inter Mayami" futbolchi uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Amerika klubi De Bryuynega 2027 yilgacha mo'ljallangan va yana 3 yilga uzaytirish imkoniyati bo'lgan shartnoma tayyorlamoqda. Xabarlarga ko'ra, "Inter Mayami" "Manchester Siti" sardori uchun katta mablag' sarflashga tayyor va bu borada katta ishni amalga oshirishga ham ulgurdi.

Bundan tashqari Kevinga Saudiya Arabistonidan ham qiziqish bor. Saudiya Arabistonining ikkinchi ligasi azosi "Neom" 33 yoshli belgiyalikka yiliga 24 million evro to'lashga tayyor. Klub va De Bryuyne vakillari o'rtasida muzokaralar boshlangan, ammo yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan. Chunki o'yinchining o'zi hamon AQSH variantini o'rgganib chiqmoqda, sababi Mayamidagi hayot tarzi unga va oilasiga ko'proq mos tushgan bo'lardi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: caughtoffside.com

Izohlar

Abdulaziz Jalilov
11 apr
Miamiga kelsa klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qatnashishi mumkin. Kevin u yerda haqiqiy Playmakerni ko'rish baxtiga muyassar bo'ladi. Kevinda hozir qancha assist borligini bilmadimu, lekin Messida 400 ga yaqinlashib qoldi
Феномен
10 apr
Саудия иккинчи лигаси энди чичворишибди бир туда эшаккни орасига отни қўшиб қўйишдай гапда