Del Boske Ispaniya terma jamoasining yakuniy ro'yxatini 2 iyun kuni e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
1 may 2014
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske jamoaning mundial uchun kengaytirilgan ro'yxatini 25 may kuni e'lon qiladi.
30 futbolchidan iborat bo'lgan tarkib Real va Atletiko o'rtasidagi YCHL finalining ertasi kuni e'lon qilinadi.

2 iyun kuni Del Boske Braziliyadagi Jahon chempionatiga boradigan 23 nafar futbolchi nomini e'lon qiladi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya mundial guruh bosqichida Gollandiya, Chili va Avstraliya bilan o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru