Dele Alli "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin

Alisher
24 avg 2022
"Everton" yarim himoyachisi Dele Alli yaqin vaqtlarda "Beshiktosh" o'yinchisiga aylanadi.

Muzokaralar yuqori bosqichda. Kelishuvga erishilishi kerak bo'lgan bir necha detallar qoldi. Xarid qilish huquqiga ega ijara bo'lishi kutilmoqda.

Bu ma'lumotni "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Flitvud" (1:0)ga qarshi Angliya liga kubogi o'yinidagi g'alabadan so'ng tasdiqladi.

Dele Alli "Everton"ga "Tottenxem"dan 2022 yilning qishida o'tgan edi. U "ko'klar" safida 13ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports