Demirbay "Galatasaroy"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2023
Bungacha yarim himoyachi "Bayer"da harakat qilgan.

"Galatasaroy" "Bayer" yarim himoyachisi Kerem Demirbay bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi turk klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Qo'shimcha qilamizki, Demirbay 2019 yilning yozidan beri "Bayer"da o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u "farmacevtlar" safida 36 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: galatasaray.org