Denni Rouz va Gassaniga "Tottenxem"ni tark etdi

Alisher
27 may 2021
"Tottenxem" chap qanot himoyachi Denni Rouz va darvozabon Paulo Gassaniganing ketganini e'lon qildi.

30 yoshli angliyalik va 29 yoshli argentinalik futbolchilarning shartnoma muddatlari tugadi. Futbolchilar erkin agentga aylanishdi.

Rouz 2007 yilda "Lids"dan kelgandi. U londonliklar tarkibida 214ta o'yin o'tkazib, 10ta gol urishga erishdi.

Gassaniga esa 2017 yilning yozida "Sautgempton"dan o'tgan edi. U "shporlar" safida 37ta bahsda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com