Desayi: "Solari "Real" o'yiniga yangilik kiritgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019
Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marsel Desayi "Real" bosh murabbiyi Santyago Solarini tanqid qildi.

"Solari "Real" o'yiniga yangilik kiritmadi, na taktikada va uslubda. U qo'rqmasligi kerak edi, ammo hech narsa o'zgarmadi.

Solari himoyani kuchaytirishi yoki ijodkorlikka ko'proq e'tibor berishi kerak edi. Biroq hech narsa qilmadi. Shu sababli uni ayblashimiz mumkin" - deydi Desayi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports