Deulofeuning agenti forvard uchun eng yaxshi variant qaysi ekanligini aytdi

Alisher
10 iyun 2022
"Udineze" hujumchisi Jerar Deulofeu yozda "Napoli"ga o'tmoqchi, bu haqda uning agenti Albert Botines aytib o'tdi.

"Napoli" - u uchun eng yaxshi variant. Bu Chempionlar Ligasida o'ynaydigan buyuk klub va shubhasiz, eng yaxshi variantlardan. Yaqin haftalarda transfer bozorining qanday rivojlanishini ko'ramiz. Italiya va Ispaniyadan turli xil takliflar bor. Shu bilan birga, APL klublaridan ham", - deydi Botines.

Deulofeu 2021/22 yilgi mavsum "Udineze" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal