Devid Bernshteyn: JCH-2022 o'tkazilish joyini boshqattan aniqlash kerak

Narzulla Saydullayev
19 avg 2013
Angliya Futbol Assotsiatsiyasi sobiq vakili Devid Bernshteyn 2022 o'tkazish vaqtini yozdan qishga o'tkazish borasida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qatardagi chempionatni yoki yozda o'tkazish kerak, yoki umuman chempionatni o'tkazadigan davlatni almashtirish lozim. Boshqatdan mezbon mamlakat tanlanishi kerak. Bu tanlov o'zi avval boshdan hamma uchun g'alati bo'lganini bilamiz. Uning vaqti yozdan qishga o'tkazilishi chempionatda katta o'zgarishlar qilishga olib keladi va ta’siri bir emas, uchta mavsumga tegadi". 

"Yozda chempionatni o'tkazib bo'lmasligiga ishonmayman. Ha, muxlislar uchun salqin stadionlardan, yonib turgan quyosh ostiga chiqish yoqimsiz bo'ladi. Biroq chempionat o'tkazish vaqtni shundoq yozdan qishga olib qo'yish g'oyasi menga mutlaqo xatodek tuyilyapti", dedi Bernshteyn.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru