Devid Moyes: “Van Persini xavfdan xoli qilish maqsadida boshqa o'yinchiga almashtirdik”

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2013
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes “Yokogama F. Marinos” bilan bo'lgan o'yinda (2:3) - nega Van Persini boshqa o'yinchi bilan almashtirganligini izohlab berdi.

“Biz Van Persiga jarohat yetishidan qo'rqib o'ni almashtirdik. Biz Robinning ham Denni Uelbekning ham juma kuni bo'lib o'tadigan o'yinga maydonga tushishini kutayapmiz.

Kerrik ham jarohat olgan, lekin tiklanish jarayoni juda yaxshi ketayapti. Ammo uning ertangi o'yinga tushishi katta so'roq ostida turibdi. U klub mashg'ulotlariga kelasi haftadan kirishadi.

Biz mashg'ulotlarni ikkiga bo'lingan holda olib bordik. Vidich, Valensiya va Nani o'yin uchun vaqt olishdi. Runiga keladigan bo'lsak, u faqtgina yugurish mashqlarini bajardi. Uning tiklanish jarayoni juda tez ketayapti”, - deydi Moyes.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru