Di Marcio Eldor Shomurodovning yangi jamoasini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2025
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiyaning "Istanbul" jamoasiga o'tadi.

Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Roma" va "Istanbul" klubining 30 yoshli hujumchi borasidagi muzokaralari yakunlanib qolgan.

Eldor Shomurodovning o'zi ushbu transferga rozilik bildirgan. Unga ko'ra, turk klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.

"Roma" esa buning uchun shart-sharoitlarga rozi bo'lishi kerak.

O'tgan mavsumda Shomurodov A Seriyaning 27 o'yinida 4tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com