

Manbaning xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Turinning "Yuventus" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Di Mariya allaqachon “keksa sinora” bilan muzokara olib borgan, u atigi bir yillik shartnoma imzolashga tayyor, shundan so'ng vataniga qaytmoqchi. Bir mavsumda Anxel sakkiz million evro ishlab olishni kutmoqda.
"Yuventus"dan tashqari argentinalik futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham qiziqish bildirmoqda.



