

Ana shu uchrashuvda turinliklarning har uchchala goliga Paulo Dibala mualliflik qildi. Shu tariqa, argentinalik forvard "keksa sinoralar" tarkibida Arturo Vidaldan so'ng Chempionlar ligasida xet-trik qad etgan birinchi o'yinchi bo'ldi. Vidal 2013 yil "Kopengagen"ga qarshi bahsda uchta gol urgan.

Bundan tashqari, Dibala "Yuventus" tarkibida YCHLda xet-trik qayd etgan 4 nafar o'yinchidan biriga aylandi. Ungacha turinliklar afsonasi Alessandro Del Pero ("Monako"ga qarshi), Filippo Inzagi ("Dinamo Kiev"ga qarshi) va Arturo Vidal ("Kopengagen"ga qarshi) bitta o'yinda uchta gol urishga muvaffaq bo'lishgan.







