

"Barselona" anchadan beri Dibalaga qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi sport direktori Robert Fernandes "keksa sinora"ning "Roma"ga qarshi kechagi bahsini stadiondan kuzatib bordi.
"Men Messiga qarshi emas, u bilan bir jamoada o'ynamoqchiman. To'g'risini aytsam, stadionda "Barselona" vakili borligini bilmagan edim. Jamoamiz ishlari yaxshi ketayotganidan xursandman" - deydi Dibala.



