Diego Kosta Braziliya klubini erkin agent maqomida tark etdi

Administrator
1 yanv 2025
Madridning "Atletiko" va Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Diego Kosta "Gremio" (Braziliya)ni erkin agent maqomida tark etdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 36 yoshli Diego Kosta o'tgan yilning fevralidan buyon Braziliya klubida o'ynab kelayotgandi. U Portu-Allegri jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 1 million evroga baholamoqda.

Diego Kosta "Atletiko" bilan Yevropa Ligasini ikki bor yutgan va UEFA Superkubogiga uch bor ega chiqqan. "Chelsi" bilan esa ikki bor Angliya chempioni bo'lgan.


AdministratorMuallif
Manba: gremio.net