Diego Kosta faoliyatini Urugvayda davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022
"Atletiko Madrid"ning sobiq hujumchisiga Janubiy Amerikada talab katta.

"Marca" xabariga ko'ra, erkin agent bo'lgan 33 yoshli Kostaga Urugvayning "Penyarol" klubidan aniq taklif bor.

Tajribali hujumchining so'nggi klubi "Atletiko Mineyro" bo'lgan. Ispaniyalik o'yinchi Braziliya terma jamoasi tarkibida 15 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Diego Kosta 2021 yilning yanvarigacha Madridning "Atletiko" klubi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u avvalroq "Chelsi", "Rayo Valekano", "Valyadolid", "Albasete", "Selta", "Braga" va "Penafiel" jamoalarida to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca