Diego Maradona: "Pele jahonda ham, Braziliya sportida ham ikkinchi"

Tolibjon Qosimov
27 yanv 2014
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradona FIFAning Pelega faxriy "Oltin to'p"ni topshirgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Pele mendan oldin "Oltin to'p"ni oldi? Men 1996 yil Parijda bu sovrinni olib bo'lganman.

Shu bois yuqoridagi fikr xato. Fikrimcha u doim Maradonadan keyingi o'rinda bo'ladi.

Hatto Braziliyada ham Pele Ayrton Sennadan keyingi (formula 1 piloti) sportchi hisoblanadi.

Pele doim jahonda ham, Braziliya sportida ham ikkinchi bo'ladi", – deydi Maradona.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru