"Dijon" yangi bosh murabbiyini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
12 noya 2020
45 yoshli David Linares "Dijon"ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, fransiyalik mutaxassis ushbu postda bo'lish uchun Stefan Jobarning o'rnini egalladi va klub bilan 2023 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Qayd etish kerak, Linares 2005-2010 yillar davomida "Dijon" tarkibida futbolchi sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu mavsumda "Dijon" chempionat turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal