"2024 yil Osiyoning eng yaxshi futzalchisi nominanti Dilshod Rahmatov professional sportchilik faoliyatini yakunladi.
Bir necha karra O'zbekiston chempioni va chempionat to'purari (2021 yil), Xitoy chempionati g'olibi Dilshod Rahmatov 2010-2024 yillar davomida O'zbekiston milliy futzal terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Mamlakat jamoasi safida ikki marta Jahon chempionati ishtirokchisi, 6 marta Osiyo chempionati ishtirokchisi va 2 karra musobaqaning kumush hamda 4 karra bronza medali sohibi hisoblanadi", - deyiladi O'zbekiston futzal federaciyasi xabarida.
Izohlar