Dimitri Payet Fransiya chempionatida tarixiy natija qayd etdi

Eldor Akmurzayev
9 okt 2022
Liga 1 doirasida “Marsel” uyda “Ayachcho”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dimitri Payet 15-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Bu 35 yoshli francuzning musobaqadagi yubiley 100-goli bo'ldi. Shuningdek, uning hisobida 112 ta assist ham bor.

Payet Fransiya chempionatida tarixida 100 gol va 100 pasga erishgan ilk futbolchiga aylandi. U Liga 1 doirasida 476 uchrashuvda qatnashgan: “Marsel”da 243 ta, “Sent-Eten” – 129, “Lill” – 71, “Nant” – 31.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka