Dinamo yetakchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
10 dek 2024
Dinamoning bu yilgi yetakchilaridan biri Anvarjon Hojimirzaev Samarqandda yana bir yil qoladi.

30 yoshli hujumchi Dinamo bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, yakunlangan mavsumda Dinamo sharafini munosib himoya qilib, jamoaning Superligadagi eng yaxshi to'purariga aylangan Anvarjon Hojimirzaev 2025 yilni ham Samarqand jamoasi safida o'tkazadi. Klub jamoamiz vingeri bilan amaldagi shartnoma 2025 yil yakuniga qadar uzaytirilganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.

Umid qilamizki, Anvarjon Hojimirzaev Dinamo safida 2025 yilgi mavsumni ham sermahsul va omadli o'tkazadi, - deyilgan Samarqand jamoasi rasmiy kanalida.

Futbolchi yakunlangan mavsumda Superligada 10 ta gol urishga erishgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia