"Dinamo" lagerida nima yangiliklar?

Narzulla Saydullayev
19 dec 2024
Samarqandning "Dinamo" klubi 2024 yilgi Superligani 8-o'rinda yakunladi.

Ayni paytda jamoa azolari qishki tatilda. Klubni legioner hujumchi Joel Kojo, darvozabon Farhod Rahmatov va himoyachi Muhammadali Tursunov tark etgan. 

"Dinamo" hozirga qadar darvozabon Edem Nemanov ("Olimpik"), himoyachi Akbar Abdirasulov ("Olimpik"), yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov ("Neftchi") va hujumchi Mirjahon Mirahmadovni ("Bunyodkor") o'z safiga qo'shib oldi. 

PFL talqiniga ko'ra Superligada "Yil kashfiyoti" deb topilgan Anvar Hojimirzaev bilan shartnoma 2025 yil oxirigacha uzaytirilganidan xabaringiz bor. 



Bosh murabbiy Vadim Abramovning "Dinamo" bilan shartnomasi yakunlanmoqda va hozirga qadar kelishuv uzaytirilmagan. Ammo tez orada rasmiyatchilik amalga oshiriladi va Abramovning o'zi jamoani yangi mavsumga tayyorlay boshlaydi. 

Agar barchasi rejadagidek kechsa, "Dinamo" xuddi o'tgan yilgidek dekabr oyining oxirida Toshkentda yig'in o'tkazishi mumkin. Asosiy yig'in yanvar oyi boshida start oladi. 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

икром
19 dec 2024
Яшанг!!! Келаси йил чемпионлик учун Ин ша Аллох.
Mardon Eshmonov
19 dec 2024
Динамо Самарканд Футбол жамоаси келгуси 2025 йилги Узбекистон чемпионатида кучли учлик учун курашишини тилаб коламиз. Динамо ФУТБОЛЧИЛАРИГА Омад ёр булсин Нуробод тумани Тим Кишлоги Гулобод Махалласи Динамо Футбол Мухлислари номидан.
Абдурахмон Вахобов
19 dec 2024
ОЛГА Динамо келаси йил кучли учталикда булишини тилайман.
Baxti01010101
19 dec 2024
Инша Аллох, Инша Аллох, Инша Аллох Омад Динамога!!!