Superliga. Temurxo'ja Abduxoliqovning super gollari "Lokomotiv"ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Dinamo" va "Lokomotiv" o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

"Dinamo" – "Lokomotiv" 1:2 

Gol: 34 - Temurxo'ja Abduxoliqov, 40 - Temurxo'ja Abduxoliqov (Bilol To'pliev), 61  - Azizbek Amonov (Jahongir Abdusalomov)

Bosh hakam: Rustam Choriev

Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Husan Xudoyberdiev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Abdulbosit Valixonov

Dinamo: 1. Edem Nemanov, 4. Nurillo To'xtasinov, 5. Mahamadu Dembele, 6. Jahongir O'rozov, 7. Sanjar Qodirqulov, 10. Anvarjon Xojimirzaev (11. Xislat Jalilov, 64), 16. Dramane Salou (37. Firdavs Abdurahmonov,46), 19.Mauro Brasil (20. Jaloliddin Jumaboev, 46), 21. Jahongir Abdusalomov, 77. Behruz Oblaqulov (8. Azizbek Amonov,46), 97. Til Mavretich (Rasul Yo'ldoshev, 46).

Zaxira: Ravshanbek Yagudin, 17. Salim Mustafoev, 22. Ulug'bek Abdullaev, 99. Ulug'bek Xoshimov

Lokomotiv: 1. Aleksey Kozlov, 5. Anzur Isamilov, 8. Bilol To'pliev (10. Shodiyor Shodiboev,76), 9. Suhrob Nurulloev (45. Yovan Nishich, 65), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (99. Muhriddin Zoirov,88), 14. Nikolay Ivanov, 15. Aleksandr Sushnar, 18. Oleksandr Kucherenko, 28. Shuhrat Muhammadiev (22. Sunnatilla Poyonov, 76), 33. Oleg Zoteev, 70. Muhammadali Reimov (61. Nurlan Ibragimov,65)

Zaxira: 12. Nikita Shevchenko, 7. Quvonchbek Abraev, 21. Ilya Yelichich, 88. Islombek Baratov,

🟨 Ogohlantirish:  21 - Dramane Salou, 25 - Suhrob Nurulloev, 69 - Aleksey Kozlov, 69 - Firdavs Abdurahmonov, 72  Yovan Nishich, 76 - Bilol To'pliev, 90+3 - Vadim Abramov

🟥 Chetlatish:  90+4 -  Firdavs Abdurahmonov

MATNLI TRANSLYATSIYA

Uchrashuv yakunlandi

🟥 90+4. Firdavs Abdurahmonov hakamga keskin gaplar gapirgani uchun qizil kartochka oldi

90+3. Amonov bugungi uchrashuv qahramonligini Temurxo'jadan olib qo'yishi mumkin edi. Hujumchining ajoyib zarbasini Kozlov qiyinchilik bilan qaytardi

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 7 daqiqa qo'shib berdi

90. Xalilovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

88. Zoirov bugungi uchrashuv qahramoni Abduholiqovni alishtirdi

82. Temurxo'ja bugun tur goliga asosiy davogar bo'lsa, Edem hozir tur seyvi uchun asosiy davogarga aylandi. Nemanov 3 metrdan yo'llangan aniq zarbani qaytardi.

80. Shodiboev uchrashuvga "nuqta" qo'yishi mumkin edi, biroq Edem bunga yo'l qo'ymadi va super seyv amalga oshirdi

🟨  76. Maydondan chiqishda sustkashlik qilgani uchun Bilol To'pliev ogohlantirildi

76. Muhammadiev va To'pliev maydonni tark etadi, ularning o'rniga Shodiboev va Poyonov maydonga tushdi

🟨 72. Mezbonlarning hisobni qisqartirganidan so'ng o'yin ancha jonlandi va maydon "yonmoqda". Bu safar To'xtasinovga qarshi qo'pollik ishlatgan Nishich ogohlantirildi

🟨 69. Ogohlantirish. Abdurahmonov va Kozlov o'zaro "daxanaki" ajng qilgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi

68. Hakam bir necha daqiqa "Dinamo" darvozasiga ehtimoliy penaltini tekshirishdi. VARdagilar himoyachi "toza" harakat qilganini ma'lum qildi

65. Ibragimov va Nishich maydonga tushdi, ular Reimov va Nurulloev maydoni tark etdi

64. Xojimirzaevning o'rniga Xalilov maydonga tushdi

61. GOOOL. Azizbek Amonov Temurxo'jaga super gol bilan "javob qaytardi". Hujumchi bir nechta futbolchidan chiroyli tarzda o'tdi va zarba yo'lladi, bu zarba oldida Kozlov ojiz qoldi

57. Mezbonlarning ilk zarbasi darvozabonga qadar yetib bordi. Amonovning aniq biroq sekin yo'llangan zarbasini Kozlov qiyinchiliksiz ushlab oldi

56. Temurxo'ja xet-trik qilishi mumkin edi. Abduxoliqov raqibdan chiroyli tarzda o'tdi va zarba yo'lladi, biroq hujumchining zarbasiga aniqlik yetishmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bo'lim avvalida Salou o'rniga Firdavs Abdurahmonov Mavretich o'rniga Rasul Yo'ldoshev, Brazil o'rniga Jaloliddin Jumaboev, Obloqulov o'rniga Azizbek Amonov maydonga tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi. O'zgarishlar ikkinchi bo'limga qoldi

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalish uchun 1 daqiqa qo'shib berdi

45. Abramov birinchi bo'lim so'nggida bir yo'lla to'rt nafar futbolchini o'zgartirmoqchi.

40. GOOOL. Temurxo'ja Abduxoliqovdan navbatdagi SUPERGOOL. Mehmonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi va "temiryo'lchilar" hujumchisi uzoqdan kuchli va aniq zarba yo'llab, hisobni oshirdi

34. GOOOL. Temurxo'ja Abduxoliqovdan super gol. Mehmonlar hujumchisi deyarli maydon markazidan Nemanov darvozasini aniq nishonga oldi

26. Qodirqulovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi

🟨 25. Suhrob Nurulloev ogohlantirildi

🟨 21. Uchrashuvdagi ilk ogohlantirishni mezbonlar futbolchisi Salou oldi

19. Jahongir Abdusalomov yaxshi vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, darvozaga ketayotgan to'p Oblaqulovga tegib ketdi va ajoyib zarba darvozaga qadar yetib bormadi

17. "Dinamo" taktik hujumlar tashkil qilishga harakat qilmoqda, biroq hozircha Abramov shogirdlariga nimadir yetishmayapti

10. Bu safar Ivanovning o'zi uzoqdan kuchli zarba yo'lladi, zarbaga ozgina aniqlik yetishmadi

9. Ivanov jarimadan to'pni ajoyib tarzda amalga oshirdi, biroq Shushnarning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

6. Mezbonlar ham uchrashuvdagi ilk vaziyatlarini amalga oshirishdi. Qanotdan uzatilgan to'pga Xojimirzaev biroz yetib kela olmadi. Darvozabon o'z o'rnida

5. Bilol To'plievning zarbasi noaniq ketdi. Bu uchrashuvdagi ilk zarba bo'ldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!


Manba: