"Dinamo" Maykon Duglas bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024
Superliga 2-davrasidan oldin Samarqandning "Dinamo" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirishni niyat qilgan.

"Dinamo" PFK jamoasi yozgi transfer oynasida braziliyalik Maykon Duglas bilan 2025 yilning oxiriga qadar belgilangan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. 23 yoshli tayanch zona vakili Samarqand jamoasiga erkin agent sifatida qo'shildi. 

Maykon hozirgacha Braziliyaning "Maguari" klubida faoliyat yuritayotgan. Yil boshida Ratino ham "Dinamo" safiga ushbu klubdan kelib qo'shilgandi. Duglas shuningdek, Braziliyaning "Kaldense", "Vitoriya", "Botafogo" va Yaponiyaning "Osaka FK" klubi sharafini himoya qilgan.

"Dinamo" jamoasiga xush kelibsan, Maykon!", - deyiladi klub xabarida.

Ma'lumotnoma:
To'liq ism-sharifi: Maykon Duglas da Silva Neris
Tug'ilgan yili va joyi: 2001 yil 11 aprel, Koruripi, Braziliya.
Bo'yi: 177 sm
Ampluasi: tayanch yarim himoyachisi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати